Тавсия қиламиз

Бугун халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни 

Янгиликлар access_time1-июнь, 22:44

 «Яратган Роббинг номи билан ўқи!‎   У инсонни алақдан…

Саййид Раҳматуллоҳ Термизийдан моҳи Рамазон ойига янги лойиҳа

Мақолалар access_time26-май, 15:03

Саййид Раҳматуллоҳ Термизийдан моҳи Рамазон ойига янги лойиҳа  кунлик…

ПАЙҒАМБАРИМИЗ МУҲАММАД МУСТАФО СОЛЛАЛЛОҲУ АЛАЙҲИ ВАССАЛАМГА ДАРАХТНИНГ БЎЙСУНИШИ

Мақолалар access_time17-апрел, 15:22

Жобир розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:  "Расулуллоҳ соллаллоҳу…

IKKINCHI JAHON URUSHI QATNAShCHILARI MUBORAK HAJ SAFARIGA TARADDUD KO‘RMOQDALAR

access_time18-июль, 18:58 visibility680

Ma’lumki, bu yil Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida 9 may — Xotira va Qadrlash kuni o‘zgacha ruhda, yurtimizda ro‘y berayotgan yangilanishlar va o‘zgarishlarga hamohang tarzda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlandi.

Jumladan, Farmonga asosan, 2017 yil 1 maygacha yurtimizdagi 1615 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ikki million so‘mdan bir martalik pul mukofotlari  to‘liq va tantanali bayramona vaziyatda topshirildi.

Prezidentimizning “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi doirasida 14 nafar ehtiyojmand Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga yangi zamonaviy uy-joylar tufha etildi. Urush faxriylari istiqomat qiladigan 172 ta uy-joy to‘liq qayta ta’mirlandi.

Bundan tashqari 346 nafar urush faxriylariga 3 mlrd. 894 mln. so‘mlik ijtimoiy himoya va moddiy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, ehtiyojmand urush qatnashchilariga nogironlik aravachasi, eshitish moslamasi, qo‘ltiqtayoq, dori-darmon vositalari hamda uy-ro‘zg‘or buyumlari yetkazib berildi.

Yurtimizning turli hududlarida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining muborak Haj ziyoratiga borish bo‘yicha bildirgan  istaklari hamda “Nuroniy” jamg‘armasining taklifi inobatga olinib, ilgari Haj ziyoratiga borolmagan yoki bunga imkoni bo‘lmagan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Prezident tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan Haj ziyoratiga yuboriladigan bo‘ldi.

Shu asosda “Nuroniy” jamg‘armasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, mahalliy hokimliklar hamda boshqa jamoat tashkilotlari ishtirokida Haj ziyoratiga borish istagini bildirgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining ro‘yxati shakllantirildi hamda ularning barchasi o‘rnatilgan tartibda to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 

Ayni kunlarda 73 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Haj safariga borish taraddudini ko‘rmoqdalar. Ular muhtaram Prezidentimizning xalq manfaati yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu ishlari hamda nuroniy-faxriylarga ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rliklari uchun chuqur minnatdorchilik bildirib, doimo duoda ekanligini izhor etmoqdalar.

Xaj-2017 safariga boruvchi ikkinchi jaxon urushi qatnashchilarining
R O‘ Y X A T I

 

Andijon viloyati

Sattarov Sharon Sodiqovich

Mamadjanov Alimdjan

Rajapov Tojitdin

Aripov No‘mon

Kamilov Alimdjan

Ibraximov Ubaydullo

Xamraboyev Tursunali

Kadirov Zaynabudin

Madraximov Zulunboy

Sobirov Urayimjon

Jo‘rayev G‘anijon

Xolmaxsumov Maxmudjon

Xojiyev Tursunxo‘ja

Turg‘unov Xujamberdi

Atabayev Umarali

Abdullayev Ergash

Soliyev G‘ulamjon

Turg‘unov Yuldoshali

Jizzax viloyati

Sharipov Xolmat

Aliyev Tudiboy

Ravshanov Xolbek

 

Namangan viloyati

Sadikov Djabar

Raxmonov Abdusalom

Mamadaliyev Axmadjon

Mamatov Xusanboy

Raxmatullayev Yakubjon

Djamotov Xudoyberdi

Nuritdinov Sharibay

Sotixonov Isoxon

Abdayev Abdusattor

 

Samarqand viloyati

 

Toxirov Xidir

Norov Shukur

Sanaqulov Rauf

Abdurazzoqov Mamatqobil

 

Toshkent viloyati

 

Xalmatov Xasanbay

Iskandarov Djalol

Nurmatov Fayzulla

Ilyasov Raxim

Xatamov Anorqul

Saidmaxmudov Siroj

 

Toshkent shahar

 

 

 

Djabbarov Axmed Xamidovich

Akramov Akmal

Sadikov Inoyat

Bekmatovich

Voxidov Xamid Vaxabovich

Kuduzov Maxmed

Alimov Aminjon Alimovich

Alimov Kamal

Karimov Xakim

 

 

Qashqadaryo viloyati

Yadgorov Jo‘ra

Boymirov Abdixolik

 

Farg‘ona viloyati

 

 

O‘rinboyev Muxtor

Hakimov Akram

Jalilov Djamal

Soliyev Abduhamid

Magripov Abduqahhor

O‘zganov Xomid

Axronqulov Xoliqul

Karimov Xasanboy

Mo‘minov Oribjon

Fozilov Nazir

Sadыkov Salidjan

Temirov Patidin

Zakirov Odiljan

Xudoyberganov Atadjan

Rashidov Ro‘zimat

Bo‘tayev Kenja

Azizov Abdulxay

Axmadaliyev Dadaboy

Maxmudov Ismoil

Maxmudov Ma’murxo‘ja

Qodirov Nishonboy

 

 

Surxondaryo viloyati

 

Esanov Mamatali

МАВЗУГА ОИД БОШҚА ЯНГИЛИКЛАР